Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xurshid Sotiyev FVV rahbari o‘rinbosari bo‘ldi

Xurshid Sotiyev FVV rahbari o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sotiyev Xurshid To‘lqinboyevich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari - Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar Sotiyev Xurshid To‘lqinboyevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

U FVV Shtab boshlig‘ining o‘rinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Qudratxo‘jayev FVV rahbari etib tayinlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring