Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XVII asrda qirilib ketgan dodo qushi tiriltiriladi

XVII asrda qirilib ketgan dodo qushi tiriltiriladi

AQShning Colossal Biosciences startapi XVII asrda qirilib ketgan dodo qushini yetti yil ichida qayta tiriltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kompaniya laboratoriyada dodoning uzoq qarindoshi — kaptarlarning birlamchi jinsiy hujayralarini o‘stira olganini ma’lum qildi.

«Dodoni tiriltirish» uchun startap $120 mln jalb qilib, moliyalashtirishni $555 mlnga yetkazdi, kompaniyaning o‘z qiymati esa $10,3 mlrdga yetdi. Mablag‘ning bir qismi Texasda qushlarni o‘rganish markazi qurilishiga sarflanadi.

Avvalroq shu kompaniya «qo‘rqinchli bo‘ri»ni tiriltirgan edi. Buning uchun o‘sha bo‘rilarning toshga aylangan qoldiqlaridan namuna olinib, hozirgi kulrang bo‘rilarning genlaridan foydalanilgan. Natijada hozirgi bo‘rilardan 20-25 foiz kattaroq bo‘rilar dunyoga keltirildi. Ammo loyiha bahslarga sabab bo‘lgan, muxoliflarning ta’kidlashicha, haqiqiy «qo‘rqinchli bo‘rilar» kulrang bo‘rilarning ajdodi emas, balki uzoq qarindoshidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring