XVJ Ukraina urushi qachon tugashi ehtimolini aytdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ukrainadagi qurolli mojaro 2025-yilda yakunlanishini kutmoqda. Bunday ma’lumotlar tashkilotning so‘nggi hisobotida keltirilgan.
XVJ hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina aholisi hozirda 32,9 million kishini tashkil qiladi, mojaroning tugashi esa chet eldan qochqinlarning qisman qaytishiga olib keladi. 2026 yilda mamlakat aholisi 33,4 million kishiga ko‘payishi kutilmoqda. 2022-yilning fevraliga qadar XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina aholisi 41 million kishi edi.
29-mart kuni Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro 2025-yilning so‘nggi oylarida tugashi mumkinligi aytilgandi. Shu bilan birga, “xavflar nihoyatda yuqoriligicha qolayotgani” qayd etilgan.
Mojaroni hal qilishda muvaffaqiyatga erishish Ukraina iqtisodiyotidagi vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shishi mumkinligi qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter