Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘, Qamashi va Amudaryoda dollarfurushlar ushlandi

Yakkabog‘, Qamashi va Amudaryoda dollarfurushlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.J. jami 3 950 AQSh dollarini fuqaro B.K.ga 49,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.A. fuqaro D.R.dan jami 3 500 AQSh dollarini 43,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayishboshlash bilan shug‘ullanib kelgan T.M., B.D. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro I.M.ga 37,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring