Toshkentda to‘rt avtomobil YTHga uchradi. 9 yoshli bola ham jabrlangan

Yakkasaroy tumani hududidagi kichik xalqa avtomobil yo‘lida to‘rtta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, hodisa 2022 yil 6 oktyabr kuni taxminan soat 13.30 larda yuz bergan.
YTHda 2000 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi «Nexia-3», 1987 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi «Spark», 1993 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvidagi «Nexia-3» va 1980 yilda tug‘ilgan D.G. boshqaruvidagi «JETOUR» rusumli transport vositalarii to‘qnashgan.
Dastlabki olingan ma’lumotga ko‘ra YTHning sababi: «Nexia-3» rusumli transport vositasi haydovchisi K.X. yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasdan, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib harakatlangan va boshqa transport vositasi bilan to‘qnashgan. Natijada to‘rtta avtomashina ishtirokidagi YTH sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida «Spark» avtomashinasi haydovchisi, shuningdek yo‘lovchisi – voyaga yetmagan 2013 yilda tug‘ilgan J.J. tan jarohatlari olib tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter