Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yamanda BMTning beshta xodimini jangarilar o‘g‘irlab ketdi

Yamanda BMTning beshta xodimini jangarilar o‘g‘irlab ketdi

Yaman Press agentligining o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, Yaman janubida noma’lum jangarilar BMTning olti xodimini o‘g‘irlab ketgan. 

«Mahalliy manbalarga ko‘ra, BMTning olti nafar xodimi, jumladan, bir bolgariyalik va besh yamanlik noma’lum jangarilar tomonida Abyan provinsiyasida o‘g‘irlab ketilgan», — deyiladi nashr xabarida.

BMTning Yamandagi gumanitar yordam koordinatorining aloqalar bo‘yicha katta maslahatchisi Rassel Giki odam o‘g‘irlash Adan shahriga boradigan yo‘lda sodir bo‘lganini, hodisa tashkilot xodimlari ishdan qaytayotgan paytda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. 

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti ularning (BMT xodimlari) ozod etilishini ta’minlash uchun rasmiylar bilan yaqin aloqada», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring