Yamayka Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi
Yamayka Falastinni davlat sifatida tan oldi. Bu haqda Yamayka tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
«Yamayka hukumati Falastin davlatini tan olib, BMTning [Фаластинни] tan olgan 140 mamlakati qatoriga qo‘shilishga qaror qildi», — deyiladi bayonotda.
«Yamayka uzoq davom etgan nizoga ikki davlatchilik asosida barham berish, Isroil xavfsizligi kafolatlanishi hamda falastinliklarning qadr-qimmati va huquqlari himoya qilinishi tarafdori. Falastin davlatini tan olish orqali, Yamayka [низони] tinchlik yo‘li bilan hal etish borasidagi o‘z pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi», — dedi Yamayka TIV rahbari Kamina Jonson Smit.
Ayni paytda BMTga a’zo 193 mamlakatdan 140 tasi Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgan. Dunyoning 95 mamlakatida Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter