Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 94 bemor: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda

Yana 94 bemor: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berishicha, 2020-yil 20-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6119 (+94) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1827 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring