Yana bir dori sotuvdan olingani haqida xabarlar tarqaldi
O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» (Hindiston) siropini qabul qilgan 19 nafar bola nobud bo‘ldi. Dori sotuvdan olindi, surishtiruv ketmoqda, jinoyat ishlari ochilgan.
Hozirgina Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «DOK-1 MAKS sirop 100 ml» va «DOK-1 tabletki №10» dori vositalari respublikamizdagi barcha dorixonalar rastalaridan tezkorlik bilan yig‘ib olingani haqida bayonot berdi.
Shu xabarlar fonida yana bir dori sotuvdan olinishi haqida xabarlar internetda tarqaldi.
Xabarlarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining direktori S.Kariyev imzosi bilan tasdiqlangan xat surati ilova qilingan. Xat haqqoniymi-yo‘qmi — aniqmas.
Xatda «Ambronol» siropini zudlik bilan dorixonalardan qaytarib olish chorasi ko‘rilishi so‘ralgan. Bu sirop ham «Dok-1 Maks» singari Hindistonda — «Marion Biotech» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Xatda bugungi sana — 29-dekabr turibdi.
«Ambronol» ham «Dok-1 Maks»ga o‘xshab shamollaganda qo‘llaniladigan sirop.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter