Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir hokim o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Yana bir hokim o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari qo‘lga olingan.

Bu ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov tasdiqlagan.

O‘rinbosar Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan sug‘oriladigan 35 gektar yer maydonini sotish va hujjatlarni tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga kelishilgan 90 000 AQSh dollaridan 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.

Oldinroq DXX Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olinishi tafsilotlarini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring