Yana bir samolyot halokatga uchradi. Uning bortida 83 kishi bo‘lgan

Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyot bortida 83 kishi bor edi, deya xabar berdi «Ariana News» telekanali.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning «Ariana Afghan Airlines» aviakompaniyasiga qarashli samolyot Afg‘oniston sharqidagi Gazni provinsiyasida halokatga uchradi. Gazni gubernatori vakili Arif Nurining so‘zlariga ko‘ra, samolyot Dex Yak hududida halokatga uchragan.
Telekanal xabariga ko‘ra, fojiaga yo‘lovchi samolyoti duchor bo‘lgan. U Hirotdan Qobulga parvoz qilayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter