Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yandex televizor chiqardi

Yandex televizor chiqardi

Foto: iXBT

Yandex kompaniyasi «Alisa» ovozli yordamchisi o‘rnatilgan birinchi televizorlarini chiqardi. Bu haqda korporatsiya saytida xabar berildi.

Televizorlar 43 va 50 dyuymli ekranga ega turkumdan iborat. Ekran: Direct LED, 4K, 60 gers chastotali. Televizor kompaniyaning o‘z amaliy tizimida ishlaydi.

Televizorni pult, «Yandex.Stansiya» kolonkasi, maxsus ilova yoki «Alisa» ovozli yordamchisi orqali boshqariladi. Ovozli yordamchi bilan muayyan film yoki serialni topish va yoqish, pauzaga qo‘yish, ovozini boshqarish mumkin. Foydalanuvchi televizorni boshqa aqlli qurilmalar bilan ham bog‘lash imkoniyatiga ega.

Foto: iXBT

Yandex vakillariga ko‘ra, televizorning birinchi partiyasi Xitoyda tayyorlangan, keyinchalik ishlab chiqarishni Rossiyaga ko‘chirishmoqchi.

8-noyabrdan sotuvga chiqariladigan televizorlarning narxi 30 ming rubldan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring