Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi «Afrosiyob» Rossiyadan O‘zbekistonga yo‘l oldi

Yangi «Afrosiyob» Rossiyadan O‘zbekistonga yo‘l oldi

Bundan 10 yil muqaddam yurtimizga Ispaniyadan dastlabki «Afrosiyob» zamonaviy elektropoyezdi olib kelingan edi.

Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.U.» kompaniyasi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan «Afrosiyob» poyezdining yana bitta harakat tarkibi Ispaniyaning Bilbao portidan Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga olib kelindi.

Bugun, 25 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 05:00 da mazkur «Afrosiyob» elektropoyezdi Rossiyadan O‘zbekistonga yo‘l oldi.

Shunday qilib, mamlakatimizga 6-Afrosiyob elektropoyezdi olib kelinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring