«Yangi Ahmadboy» 500 kishini chuv tushirdi
Realnaya investitsiya MChJ asoschisi (1995 yilda tug‘ilgan) o‘zini treyder-bloger deb tanishtirgan va Telegram-Instagramda mijozlarning ishonchiga kirib, 15 ming dollardan 200 ming dollargacha miqdordagi pullarni qabul qilgan.
O‘rniga esa ularga har oyda kamida 10% dan foyda berishni va’da qilgan. Va’da qilingan foydani yangi jalb etilgan fuqarolarning pullari hisobidan to‘lab kelgan.
Uning aytishicha, 500 dan ortiq mijozlar bilan oldi-berdi qilgan va bugungi kunda 2,5-3 mln AQSh dollari atrofida qarzi bor. Noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarini bir nechta ko‘chmas mulklar va qimmatbaho avtomashinalar xarid qilish orqali legallashtirgan.
Hozirda Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter