Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi avlod darsliklari «Xalq ta’limi»ga bepul beriladi – vazir o‘rinbosari

Yangi avlod darsliklari «Xalq ta’limi»ga bepul beriladi – vazir o‘rinbosari

Yangi avlod darsliklari aprobatsiyadan so‘ng Xalq ta’lim vazirligiga bepul beriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yaqinda taqdimoti o‘tkazilgan zamonaviy darsliklar ma’lum tashabbuskor guruhlar tomonidan beg‘araz tarzda ishlab chiqilgan va unga hozirgacha budjet mablag‘lari sarflangani yo‘q. Tajriba sinovi yakunlanlangach, darsliklar vazirlik ixtiyoriga bepul beriladi.

«Aslida darsliklarni yaratish va chop etish qismi bor. Ochig‘i, darslikni yaratish uni chop etishdan ko‘ra qiyin va qimmat jarayon. Shu paytga qadar turli sabablar bilan darsliklar mazmuniga yetarli e’tibor berilmagan.

Uni chop etish jarayonlari esa o‘rnatilgan tartibda, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunga asosan, ochiq va shaffof tenderlar orqali o‘tkaziladi. Buning ochiqligini OAV Moliya vazirligi portali orqali ham kuzatib, kim qancha darslik chop etganini ko‘rishi mumkin», – deydi vazir o‘rinbosari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring