Yangi «iPhone» ikki sim-kartali bo‘ladi

«Life.ru» xabar berishicha, «Apple» Xitoy bozorini zabt etish uchun o‘z smartfonlarini ikkita sim-kartali qilib chiqaradi.
Mutaxassislar buni yangi «iOS 12»ning beta-versiyasida aniqlashdi: uning kodida «Ikkinchi sim-karta» statusi bor. Ikki sim-kartali qurilma kuz faslida taqdim etiladi, deb xabar bermoqda «9to50mac».
Ma’lumki, «ayfonlar» paydo bo‘lganidan beri bitta sim-kartani qo‘llab keladi. Yangi funksiya «iPhone» uchun raqobat kuchli Xitoy bozoriga yanada kirib borishga yo‘l ochadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter