«Yangi O‘zbekiston» universiteti ayrim bojxona to‘lovlaridan ozod etildi

«Yangi O‘zbekiston» universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Ta’kidlanishicha, qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar, jumladan, quyidagilar:
- eng iqtidorli yoshlar va yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilarning ilmiy maktablarini shakllantirish;
- xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba asosida tibbiyot sohasida ta’lim, amaliyot hamda ilmiy tadqiqot faoliyati uyg‘unligini ta’minlash, soha uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
Universitet huzurida Ilg‘or bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi.
2025/2026-o‘quv yilidan universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ta’limning bakalavriat bosqichiga joriy qilingan davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi.
2027-yil 1-dekabrgacha universitet uchun olib kelinadigan va muqobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (QQS, aksiz solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter