Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi pandemiya istalgan paytda paydo bo‘lishi mumkin — JSST rahbari

Yangi pandemiya istalgan paytda paydo bo‘lishi mumkin — JSST rahbari

Foto: RIA Novosti

Dunyoda yangi pandemiya istalgan paytda paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ogohlantirdi.

Gebreyesus pandemiyalarga barham berish bo‘yicha kelishuv loyihasini ishlab chiqayotgan Hukumatlararo muzokaralar organining Jenevadagi yig‘ilishida shunday dedi.

«Hozirgi H5N1 (parranda grippi) bo‘yicha vaziyat ko‘rsatmoqdaki, navbatdagi pandemiya shundoqqina yonimizda bo‘lishi mumkin. Istalgan paytda kelishi ehtimoldan xoli emas. Bizni kutib o‘tirmaydi», — ta’kidladi JSST rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring