Yangi plyaj zonalari tashkil etiladi
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi Aqchako‘l, Ashshi ko‘l, Zikri ko‘li, Aydarko‘l, Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l hududlarida hayvonot dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish maqsadida ularning yashash muhiti, xususan, asosiy to‘planish joyi sifatida belgilangan hududlarga kirmaydigan yer maydonlarida plyaj zonalari tashkil etiladi.
Buning uchun uchun yer uchastkalari 10 yilgacha bo‘lgan muddatga belgilangan tartibda ijaraga beriladi. Bu haqda 30 aprel kuni imzolangan «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida so‘z boradi.
Plyaj zonalari hududida ekologik va sanitariya talablariga javob beradigan yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etiladi.
Turizm va madaniy meros vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda plyaj zonalarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter