Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

«Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-347-son, 04.10.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida quyidagilar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:

  • mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;
  • aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga;
  • kambag‘allikni qisqartirish;
  • hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

2025 yil 1 dekabrgacha:

  • 50 ta tumanda, 2026 yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi;
  • ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda «bir kontur – bir mahsulot» tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring