Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
Prezidentning qarori bilan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlap hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi takomillashtiriladi.
Hujjat bilan:
- davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlarini, texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini (shartnomalar va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lovlar xarid predmeti narxining QQS inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi;
- loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming dollardan kam bo‘lmagan va 50 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi;
- loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida haq undiriladi;
- ekspertiza 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi;
Quyidagi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun haq undirilmaydi:
- loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq;
- O‘zbekiston budjet tizimi budjetlari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter