Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qayd etilgan koronavirusga chalinganlarning aksariyati xorijdan kelgan

Yangi qayd etilgan koronavirusga chalinganlarning aksariyati xorijdan kelgan

2020-yil 28-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7725 (+43) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 30 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5240 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2465 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring