Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi taklif: 3 turdagi yo‘l qoidabuzarliklari uchun 1 yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi

Yangi taklif: 3 turdagi yo‘l qoidabuzarliklari uchun 1 yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi

Bugungi yig‘ilishda qayd etilishicha, o‘tgan yilda haydovchilar 24 millionta huquqbuzarlik sodir etgan. Bularning 81 foizi qo‘pol qoidabuzarlikka kiradi. Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida bu surunkali tus olgan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda aholi, hatto taniqli shaxslar o‘rtasida «jarimani to‘lab qo‘ydim-ku, xohlaganimdek yuraveraman», deyish avj olgan.

Endilikda yo‘llarda haydovchilik madaniyatini oshirish, ashaddiy huquqbuzarlarga qonun kuchini ko‘rsatish maqsadida yangi tizim qilamiz», – dedi Prezident.

Buning uchun «Surunkali qoidabuzarlar» dasturi ishga tushiriladi.

Qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida o‘tish bir oy ichida 2 marta sodir etilsa yoki tezlik 5 marta oshirilsa – 1 yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.

Bunday huquqbuzarliklar bir oy ichida 10 tadan ko‘p bo‘lsa – 6 oygacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.

Shuningdek, tezlik uchun jarimalarni qayta ko‘rib chiqib, me’yordan 2-3 karra tez yurganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.  

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring