Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilboy Ramatov zimmasiga yangi vazifa yuklatiladi

Ochilboy Ramatov zimmasiga yangi vazifa yuklatiladi

Foto: «Repost.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish sifatini oshirish mas’uliyatini Ochilbay Ramatov va viloyat hokimlari o‘z zimmasiga olishi shart va zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

«Uyning bo‘lajak egasi yer ajratishdan boshlab, topshirilishiga bo‘lgan barcha jarayonlarda ishtirok etishini ta’minlaydigan tizim yaratish zarur.

Uyni egasi har kuni kelib qurilish ishlarini ko‘rsin, quruvchiga xatolarini ko‘rsatsin, sifatni o‘zi ham nazorat qilsin!

Har bir loyiha ipoteka veb-portaliga joylashtirilishi va barcha uchun ochiq e’lon qilinishi, aholi fikrini bildirishi uchun imkoniyat bo‘lishi kerak.

Ikki oy muddatda bo‘lajak uy egalariga loyiha planirovkasi, ishlatiladigan qurilish materiallari, narx-navoni shakllanishi kabi masalalarni tushuntirib beradigan tizim yaratishi zarur», — dedi Prezident.

Yangi tartib asosida quriladigan uylar bo‘yicha texnik nazoratni amalga oshirish hududlardagi Yagona buyurtmachi xizmatiga yuklatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring