Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayrami arafasida necha kun dam olamiz?

Yangi yil bayrami arafasida necha kun dam olamiz?

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

2017-yildan boshlab dam olish kunlarini tartibga solish an’anasi boshlangandi. Natijada o‘tgan 2 yilda (2018, 2019) haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun dam olishgan edi, deb xabar bermoqda «Xushnudbek.uz».

Joriy yilgi tartibga ko‘ra, oldingidek ketma-ket 5 kunlik dam olish bo‘lmaydi, 3 kun ketma-ket bo‘ladi xolos.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

  • 31-dekabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
  • 1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
  • 2-yanvar – payshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);

Izoh: 28-dekabr (shanba) hamda 4-yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

  • 1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
  • 2-yanvar – payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni).

Izoh: 30 va 31-dekabr kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Yuqoridagi suratda yangi yil bayrami arafasidagi ish va dam olish kunlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring