Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt bozorlarida «O‘zbekoziqovqatxolding»ning oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

Yangi yil  bayrami munosabati bilan poytaxt bozorlarida «O‘zbekoziqovqatxolding»ning  oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi

Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi iste’mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 15 dekabrdan Toshkent  shahridagi dehqon bozorlarida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar  tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi.  Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli  bayonnomasi ijrosini ta’minlash doirasida Qo‘yliq (Bektemir tumani), Sirg‘ali (Sirg‘ali tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qora-Qamish (Olmazor tumani), Navro‘z (Mirzo Ulug‘bek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshyog‘och bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farxod (Uchtepa tumani), Eski jo‘va (Shayxontohur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani), Oloy (Yunusobod tumani) bozorlarida ochilishi rejalashtirilayotgan ushbu yarmarkalarda  xaridorlarga  sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror  narxda taqdim etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi  tarkibiga meva-sabzavot konservalari, go‘sht-sut, qandolat, tamaki, mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, alkogolsiz pivo va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi 400 dan ziyod mahalliy,  shuningdek, “Nestle”, “Coca Cola”, “Carlsberg” kabi xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizdagi korxonalari ham kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring