Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangibozor tumani hokimi saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Yangibozor tumani hokimi saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Shu kunlarda okgur, uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, ularning saylov jarayonlari sohasidagi huquqiy bilimlarini mustahkamlash seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Bugun Xooazm viloyatining Yangibozor tumanidagi Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji binosida viloyat kengashiga saylov o‘tkazuvchi 3 ta saylov okruglari, tuman kengashiga saylov o‘tkazuvchi 30 ta saylov okrugi raisi o‘rinbosarlari va kotiblari o‘quv-seminar treninglari boshlandi. Unda tuman hokimi O‘ktam Masharipov ishtirok etdi. Bu haqda tuman Axborot xizmati xabar berdi.

Darslarni UrDU dotsenti U.Sharipov, UrDU kafedra mudiri N.Fayzulloyev, Urganch tumani 16-son maktabning huquq fani o‘qituvchisi S.Bekchanovlar olib bormoqda. Tuman hokimi O‘.Masharipov mazkur o‘quv mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishdi. Darslar bevosita zamanaviy axborot texnologiyalari vositalar yordamida o‘tilmoqda.

Mashg‘ulotlarda qatnashayotgan har bir tinglovchi “O‘zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksi”, saylov komissiyalarining nizomlari bilan va o‘quv qurollari ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring