Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyerda 60 yoshli shaxs 19 tonna bug‘doyni yuk vagonidan o‘g‘irlashda ayblanmoqda

Yangiyerda 60 yoshli shaxs 19 tonna bug‘doyni yuk vagonidan o‘g‘irlashda ayblanmoqda

2020 yilning 04 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, MChJ rahbari, 38 yoshli A.B. Yangiyer shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 23 fevraldan 04 mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar yuk vagonidan MChJga tegishli umumiy qiymati 35.078.400 so‘mlik 19 tonna 500 kg. bug‘doy mahsulotini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 60 yoshli I.J., 43 yoshli V.E. va X.D., lar sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. G‘arazli maqsadlarni ko‘zlaganlar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlanganlar. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring