Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi

Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi

Foto: Yangihayot tumani hokimligi

Toshkent shahridagi Yangihayot tumani O‘zbekistonda o‘z logotipiga ega bo‘lgan ilk tuman bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tuman logotipi o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lib, unda Yangihayot so‘zidagi ikki kalit harf – «Y» va «h» ifodalangan. Ushbu harflar moviy va zangori ranglarda bo‘lib, ular yangi, toza, sof hayotni bildiradi. Logotip shaklida o‘tkir va chorak aylana kesishuvlaridan foydalanilgan. Bu uslub o‘zida ham sharqona, ham zamonaviy minimalistik uslubni o‘zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, harflar shakli yaproqlarni eslatadi. Yaproqlar esa katta bir daraxt bo‘lib, tuman Vatanimizning bir bo‘lagi ekanini anglatadi.


«Qisqacha qilib aytganda, yangi tuman Yangi O‘zbekistonning yangi hayotini o‘zida mujassam etishga, har ishda kreativ, birinchi va mas’uliyat bilan yondashishga bel bog‘lagan. Tuman o‘z imijini yaratarkan, ushbu logotipni ko‘rganingizda Yangi bir hayot, sifat, farovonlik va mas’uliyat esingizga tushishini maqsad qilgan!»,- deyiladi hokimiyat xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring