Yangihayot tumanida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 28 dekabr kuni soat 04.55 larda Yangihayot tumani Qipchoq-Sofdil ko‘chalari kesishgan chorrahasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisada 2000 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» hamda 1987 yilda tug‘ilgan F.R. boshqaruvida bo‘lgan «Gazel» rusumli yukmashinasi to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida «Spark» avtomashinasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter