Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘ldagi «Makro» supermarketiga o‘t ketdi

Yangiyo‘ldagi «Makro» supermarketiga o‘t ketdi

Foto: «dyxx.uz»

Bugun, 16-may kuni soat 04-00da Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri, Samarqand ko‘chasida joylashgan «Darvoza Savdo» MChJga qarashli «Makro» savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilmoqda.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga soat 04 dan 03 daqiqa o‘tganda yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04 dan 09 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, soat 04 dan 19 daqiqa o‘tganda to‘liq bartaraf etilgan.

Natijada yong‘indan majmuaning 750 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida majmuaning 1-qavatidagi 30 kv.metr maydonda savdo rastasi va 3 dona muzlatgich yonib zararlangan.

Yong‘inni taxminiy sababi majmuadagi muzlatgichning elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring