Yapon orollaridan biri yo‘qolib qoldi

Kuril orollari tizimiga yaqin joylashgan yapon orolchalaridan biri butunlay suv ostiga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda «ChannelNewsAsia» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Esambexana-Kitakodzima orolining suv sathidan balandligi 1,4 metr bo‘lib, unda odam yashamagan. Mutaxassislar dengizdagi po‘rtanalar sabab orolcha g‘arq bo‘lganini taxmin qilishmoqda. Orolchaning yo‘qolganini baliqchilar birinchi bo‘lib payqashdi.
Mahalliy hukumat orolning cho‘kishi Yaponiyaning hududiy suv maydonlari qisqarishiga sabab bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash uchun ishga kirishganlar.
Biz 24-oktyabr kuni Gavayi arxipelagiga yopirilgan «Valaka» dovuli oqibatida Ist-Aylend oroli yuvilib ketgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter