Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponlar pechenyedan Mona Lizani yaratib rekord o‘rnatishdi

Yaponlar pechenyedan Mona Lizani yaratib rekord o‘rnatishdi

Foto: «360tv.ru»

Yaponiyalik bir guruh tinib tinchimas kishilar krekerlardan mashhur «Jakonda»ning nusxasini yaratib, rekord o‘rnatishdi

Soka shahrining 200ga yaqin aholisi yig‘ilib, 24 mingta «sembey» guruchli krekerlaridan Leonardo da Vinchining Mona Lizasini yaratishdi. Yirik kartinaning uzunligi 13, eni 9 metrni tashkil etdi.

Aholi bu yo‘l bilan o‘z shaharlariga sayyohlar e’tiborini jalb qilmoqchi bo‘lishgan va uning uddasidan ham chiqishgan. Aksiyaga Ginnes rekordlar kitobi a’zolari e’tibor qaratishdi. Rekord qayd etilgach, reproduksiyani yeb qo‘yishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring