Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya 6 mamlakat Olimpiya terma jamoalari ustidan nazoratni kuchaytiradi — ularning barchasi Osiyoda joylashgan

Yaponiya 6 mamlakat Olimpiya terma jamoalari ustidan nazoratni kuchaytiradi — ularning barchasi Osiyoda joylashgan

Foto: «Bfla.eu»

Yaponiya hukumati Delta koronavirus shtammining keng miqyosda tarqalishi qayd etilgan olti mamlakat terma jamoalarining Olimpiya o‘yinlariga kirishi ustidan nazoratni kuchaytiradi, deb yozadi TASS mahalliy gazetaga tayanib.

Ushbu choralar Hindiston, Pokiston, Nepal, Shri-Lanka, Maldiv orollari va Afg‘oniston sportchilariga qo‘llaniladi. Yaponiyaga uchishdan oldin ular bir hafta davomida har kuni COVID ga test topshirishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ushbu davrda va kelganidan uch kun o‘tgach, ularga murabbiylar va jamoa a’zolaridan boshqa kishilar bilan bog‘lanish taqiqlanadi.

Talablarning kuchaytirilishi 1-iyuldan kuchga kiradi. Boshqa barcha sportchilar Yaponiyaga jo‘nashidan 96 soat oldin ikkita PSR testini topshirishlari shart.

Tokio Olimpiadasi 23-iyuldan 8-avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Delta shtammlari 85 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring