Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya aholisi 2024-yilda rekord darajada qisqardi

Yaponiya aholisi 2024-yilda rekord darajada qisqardi

Foto: Interfaks.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi 2024-yilda aholi soni rekord darajada kamayganini bildirdi.  Mamlakat bir yilda 900 ming kishini yo‘qotgan.

Shu bilan birga xorijlik rezidentlar soni rekord darajada oshganini qayd etdi. 2009 yilda 126,6 million kishiga yetganidan beri aholi soni ketma-ket 16 yil davomida kamayib bormoqda. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2026 yilga borib Yaponiyada yashovchilar soni 120 milliondan kam bo‘ladi. Yaponiya hukumati tomonidan e’lon qilingan hujjatda, shuningdek, xorijlik rezidentlar sonining o‘sishi 350 000 dan ortiq kishini tashkil etgani, ularning 20 foizi Tokioda ekanligi ko‘rsatilgan.

Tokio aholi sonining 0,13% ga oshgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Yaponiyada 120,6 million aholi istiqomat qiladi, ulardan 3,7 millioni xorijliklardir.

Yaponiya hukumati demografik tanazzulga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirmoqda: 2024 yilda oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 5,3 trillion iyena (taxminan 34 milliard dollar) ajratilgan - bular bolalar nafaqasi, bepul ta’lim va bola parvarishida yordam sanaladi. Yaponiya hukumati ish haftasini to‘rt kunga qisqartirish va ota-onalar uchun yangi imtiyozlar joriy etish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, 20 iyul kuni Yaponiya parlamenti yuqori palatasiga saylovlar yakuniga ko‘ra, hukmron koalitsiya migratsiya bilan bog‘liq muammolar tufayli ko‘pchilikni yo‘qotgan edi. Ayni paytda muxolifat kuchlari, jumladan, o‘ng qanot populist Sanseito partiyasi immigratsiya qonunlarini kuchaytirishga chaqirmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring