Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqishi kutilyapti

Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqishga yaqin, bu haqda avgustgacha e’lon qilinadi, deb xabar berdi Mainichi gazetasi hukumat raisiga yaqin manbalarga asoslanib.
Ishiba boshchiligidagi hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) parlamentdagi saylovda mag‘lubiyatga uchragan.
Manbalarga ko‘ra, Ishiba sobiq bosh vazirlar — Yosixide Suga, Fumio Kisida va Taro Aso bilan uchrashadi. Bu taomil — ketishidan avval Ishiba «sobiq uch bosh vazir qarshisida bosh egadi».
21-iyul kungi bayonotida Ishiba LDPning parlamentdagi qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyati (yakshanba kuni partiya yuqori palatadagi, o‘tgan yil kuzida esa quyi palatadagi ko‘pchilik o‘rnidan mahrum bo‘lgan)dan so‘ng iste’foga chiqishga ko‘nmagandi. Hukumat saylovchilarga bergan va’dalarni bajarmasdan ketolmayman, degan u.
Chindan ham, Ishiba yangi yil murojaatida 2025-yildan yangi Yaponiya qurishga va’da bergandi. Uning boshchiligidagi hukumat mamlakatni Tokioga chambarchas bog‘liqliqdan xalos etish uchun boshqa hududlarni ham rivojlantirish, mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlab, ish haqlari oshirilishiga ko‘maklashish kabi ulkan rejalar tuzgandi.
Shigeru Ishibaning «iste’foga chiqqisi kelmayotgani»ni tushunish kerak, axir bosh vazir bo‘lganiga bir yil ham to‘lmadi (2024-yil 1-oktyabridan rasman ish boshlagan).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter