Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya dunyoning eng yirik kreditori maqomini yo‘qotdi

Yaponiya dunyoning eng yirik kreditori maqomini yo‘qotdi

Illyustrativ foto

Yaponiya 34 yil ichida birinchi marta dunyoning eng yirik kreditori maqomini yo‘qotdi va sof tashqi aktivlari rekord darajada oshganiga qaramay, Germaniyaga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi, deb xabar berdi Kyodo agentligi moliya vazirligiga asoslanib.

O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, Yaponiyaning yalpi tashqi aktivlari avvalgi yilga nisbatan 12,9 foizga o‘sib, 533,05 trillion iyena (3,7 trillion dollar)ni tashkil etdi va birinchi marta 500 trillion iyenadan oshdi. Ammo umumiy miqdor Germaniya (569,65 trillion iyena) ko‘rsatkichidan past bo‘ldi.

Iyenaning qadrsizlanishi Yaponiya aktivlarining xorijiy valyutadagi qiymatining, shu jumladan, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa vositalarni mahalliy valyutaga qayta hisoblashda o‘sishiga olib keldi, deyiladi Yaponiya moliya vazirligi xabarida. Germaniya esa joriy amaliyotlar hisobining katta profitsitidan foyda oldi.

Mamlakatlar va mintaqalar taqsimotida Yaponiya sof tashqi aktivlar hajmi bo‘yicha Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rinni Xitoy (516,28 trillion iyena) band qildi. AQShda esa aksincha, sof tashqi majburiyatlar 4 109,26 trillion iyenaga yetdi, mamlakatning tashqi qarzlari xorijdagi aktivlaridan ancha yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring