Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya kompaniyalarining 75 foizi sun’iy intellektdan muntazam foydalanmoqda

Yaponiya kompaniyalarining 75 foizi sun’iy intellektdan muntazam foydalanmoqda

Foto: NewsBytes

Yaponiya moliya vazirligi tadqiqotlari ko‘rsatishicha, mamlakatdagi kompaniyalarning 75 foizi kundalik ish jarayonida sun’iy intellekt (SI)dan foydalanmoqda.

Atigi besh yil avval kompaniyalarning faqat 11 foizi SIdan foydalangan. Hozir yirik kompaniyalar miqyosida sun’iy intellektdan foydalanish darajasi 89 foizga yetgan. Avtomobilsozlik va umumiy ovqatlanish sohalarida bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil etmoqda.

Vazirlikning tushuntirishicha, SI texnologiyalari ko‘pincha hujjatlarni tayyorlash, ma’lumotlarni qidirish va yig‘ish hamda texnik vazifalarni ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Xususan, chat-botlarning joriy etilishi telefon xizmatlariga yuklamani sezilarli darajada kamaytiradi, elektron yozishmalardagi SI esa o‘nlab ish soatlarini tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, Yaponiya kompaniyalari zarur ko‘nikmalarga ega mutaxassislar yetishmasligi va SIdan foydalanishda ma’lumotlar sizib chiqishi xavfi borligini ham inkor etishmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring