Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya koronavirusga qarshi qariyb 2 mlrd dollarlik dorilarni yo‘q qiladi

Yaponiya koronavirusga qarshi qariyb 2 mlrd dollarlik dorilarni yo‘q qiladi

Foto: Report.az

Kyodo agentligi xabar berishicha, Yaponiyada koronavirus (COVID-19)ga qarshi ilgari sotib olingan katta miqdordagi dorilar yo‘q qilinadi. Dori-darmonlarning umumiy qiymati 300 mlrd iyena (1,93 mlrd) atrofida.

Yo‘q qilinadigan vositalar — peroral qo‘llaniluvchi Xocova (Shionogi kompaniyasi mahsuloti) va Lagevrio (Merck) dorilari hamda Paxlovid (Pfizer) tabletkalari.

Bu dorilar 5,6 mln kishiga yetgan bo‘lardi. Koronavirus pandemiyasi payti sotib olingan dorilarning aksariyati foydalanilmay qoldi va utilizatsiya qilinadi.

Avvalroq AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi, COVID-19 ga qarshi o‘z vaksinasi yon ta’sirlar keltirib chiqargani (qonda tromblar hosil qilgan) sababli sudlashuvdan so‘ng, dunyo bo‘ylab vaksinalarini qaytarib olishni boshlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring