Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada 160 tonna neft ortilgan tanker yonib ketdi

Yaponiyada 160 tonna neft ortilgan tanker yonib ketdi

Foto:«Glavny.tv»

Yaponiyaning Tiba prefekturasida Bagama orollariga tegishli bo‘lgan neft ortilgan «Front Hakata» tankeri yonib ketdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Yong‘in 5-avgust kuni ertalab, tankerning mashina bo‘linmasida sodir bo‘lgan. Kema Saudiya Arabistonidan Yaponiyaga neft yetkazayotgan bo‘lgan.

332 metrli kemaning bortida 160 tonna neft va 25 nafar hindistonlik bo‘lgan.

Yong‘in vertolyotlar va patrul katerlari yordamida o‘chirilgan. Hodisa natijasida hech kim zarar ko‘rmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring