Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada 2011-yildan buyon birinchi marta AES qurilishi kutilmoqda

Yaponiyada 2011-yildan buyon birinchi marta AES qurilishi kutilmoqda

Foto: Mainichi.jp

Yaponiyada 2011-yildan buyon birinchi marta atom elektr stansiyasi qurishga hozirlik ko‘rilmoqda, deb xabar berdi NHK telekanali.

Kansai Electric Power Co. energetika kompaniyasi «Mihama» atom elektr stansiyasi tarkibiga kiruvchi birinchi energoblokni rekonstruksiyaga tayyorlash doirasida geologik tadqiqotlar va boshqa tegishli ishlarni amalga oshiradi.

«Mihama» AES — Fukui prefekturasida joylashgan.

Aniqlik kiritilishicha, yangi yoki almashtirilgan energoblok qurilsa, bu 2011-yilgi «Fukusima» AES avariyasidan keyin ilk atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘ladi.

Telekanal manbalariga ko‘ra, energetika kompaniyasi tadqiqotlar boshlanishi haqida avgustda rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring