Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada bosh vazir kim bo‘ladi? Uch nomzod da’vogar

Yaponiyada bosh vazir kim bo‘ladi? Uch nomzod da’vogar

Fumio Kisida (chapdan o‘ngga), Yosixide Suga va Sigeru Isiba.

Sog‘lig‘i yomonlashgan Sindzo Abe muddatidan avval iste’foga chiqqandi. «Kyodo» agentligi xabariga ko‘ra, mamlakatda yangi bosh vazir sentyabr oyi o‘rtalarida saylanadi.

Yetakchi partiya — Liberal-demokratik partiyaning yangi raisi 14-sentyabr kuni saylanadi —Hukumat boshqaruvi uning qo‘liga o‘tadi.

17-sentyabr kuni parlament yangi bosh vazir nomzodini muhokama qilish va tasdiqlash uchun yig‘iladi.

Har ikki lavozim uchun uch nafar nomzod qo‘yilgan:

  • Fumio Kisida — 1957-yili Xirosimada tug‘ilgan, siyosatchi, Yaponiya LDP a’zosi, 2012—2017-yillarda Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan.
  • Yosixide Suga — 1948 yili Akita prefekturasida tug‘ilgan,  Yaponiya davlat va siyosiy arbobi, 2012-yil dekabridan hozirga qadar mamlakat vazirlar kengashi bosh kotibi.
  • Sigeru Isiba — 1957-yili Tottori prefekturasida tug‘ilgan, siyosatchi, LDP a’zosi, mamlakat mudofaa hamda qishloq xo‘jaligi vazirlari lavozimida ishlagan. 2012-yildan beri LDP bosh kotibi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring