Yaponiyada «kelajak shahri» qurildi (foto)

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Fudzi tog‘i etagida «kelajak shahri» (Woven City) qurdi.
Shaharchada yashayotgan oilalar soni 300 taga yetdi, ular kompaniya va uning hamkorlari chiqargan barcha qurilmalarni sinovdan o‘tkazishadi.
Shaharni to‘liq sun’iy intellekt boshqaradi: u yer osti yo‘llari orqali oziq-ovqat yetkazib beradi, elektr energiyasini tartibga soladi va transportni nazorat qiladi.
Woven City aholisi ikki tabaqaga ajratilgan: birinchisi — «ixtirochilar». Ular yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi — «to‘quvchilar» tabaqasi esa shunchaki shaharchada yashab, bu ishlanmalar bilan tanishadi va «ixtirochilar»ga o‘z tavsiyalarini berishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter