Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada qatorasiga ikkinchi marta kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyada qatorasiga ikkinchi marta kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Global Look Press

Yaponiya shimolida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida mamlakat meteorologiya agentligi xabar berdi.

Yer silkinishlari Aomori prefekturasining sharqiy sohillarida kuzatilgan. Zilzila epitsentri 10 km chuqurlikda joylashgan.

Yaponiyada 8-dekabr sanasida bundan ham kuchliroq 7,6 magnitudali yer silkinishi qayd etilgandi. Shundan so‘ng mamlakat sharqiy va shimoli-sharqiy sohillarida sunami xavfi e’lon qilingandi. Myeteorologiya agentligi balandligi taxminan uch metrli sunami yaqinlashishidan ogohlantirgan. Ayni paytda Aomori prefekturasida 40 santimetr, Hokkaydoda 20 santimetr balandlikdagi to‘lqin kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring