Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin kunlarda ob-havo qanday o‘zgarishi prognoz qilindi

Yaqin kunlarda ob-havo qanday o‘zgarishi prognoz qilindi

Foto: Xabar.uz

5—6-aprel kunlari respublikaning ko‘plab viloyatlarida kam bulutli ob-havo, 5-aprel shimol va Buxoro-Navoiy viloyatlarida, 6-aprel janub, markaziy, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida momaqaldiroq xususiyatli jala yog‘inlar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Markaziy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 5 va 7-aprelda 18-23°, 6 aprelda 15-20° bo‘ladi.

Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-6 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 22-27°, 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.

Umuman olganda, ushbu kunlari respublika Janubi-Kaspiy siklon ta’sirida bo‘lib, beqaror ob—havo muhitida bo‘lishi kutilmoqda. Joylarda shamol tezligi 20 m/s gacha yetishi mumkin. 

7-aprel kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring