Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA: yaqin o‘n yilda ilk ayol Oyga qadam qo‘yadi

NASA: yaqin o‘n yilda ilk ayol Oyga qadam qo‘yadi

NASA kosmik agentligi yaqin o‘n yil ichida Oyga ilk bor ayol kishini uchirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi CBC News.

Missiya «Artemis» dasturi doirasida rejalashtirilgan. Unda to‘qqiz erkak va to‘qqiz nafar ayol ishtirok etadi. Ta’kidlanishicha, dasturni amalga oshirish  xarajatlar ko‘pligi tufayli kechikmoqda.

NASA kosmik parvozlar bo‘limi boshlig‘i Charli Blekvell-Tompsonning ta’kidlashicha, Oyni o‘rganishga qaytish turli xil qimmatli bilimlarni va ko‘plab ilmiy kashfiyotlarni beradi.

«Bizda hali ko‘p o‘rganish kerak. Biz hali ham Apollon dasturi davomida qaytarilgan namunalardan o‘rganmoqdamiz», - deydi Blekvell-Tompson.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring