Yaqin vaqtlarda asosiy oziq-ovqatlar narxi sezilarli oshadi – Markaziy bank
Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishida yaqin vaqtlar ichida ayrim turdagi asosiy oziq-ovqat narxlarining sezilarli o‘sishi ma’lum qilindi.
«Ayrim turdagi asosiy oziq-ovqat narxlarining sezilarli o‘sishi bir tomondan, hosildorlikning kam bo‘lganligi va ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga nisbatan kiritilayotgan cheklovlar ta’sirida tashqi bozorlardagi narxlarning o‘sishi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, ushbu mahsulotlarni import qilishda konsentratsiya darajasi va ichki ishlab chiqarishda tannarx xarajatlarining nisbatan yuqoriligi bilan izohlanadi.
Oziq-ovqat narxlari dinamikasi bo‘yicha xatarlarning oshib borishi sharoitda ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha yagona davlat strategiyasi, import bozorlarini diversifikatsiya qilish, importda konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish va transport xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan islohotlar o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Shuningdek, meva, sabzavot va ozuqa-yem mahsulotlari hajmlarini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish va ushbu mahsulotlarni yetishtirish uchun zaruriy yer maydonlarini hamda suv resurslari ajratilishi kelgusida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini muvozanatlashishiga xizmat qiladi», deyiladi hisobotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter