«Yarim tun»ga 90 soniya qoldi
«Qiyomat kuni» soati millari 10 soniya oldinga surib qo‘yildi. Endilikda soat millari 23:58:30 ni yoki global yadroviy inqiroz (urush)ni anglatuvchi yarim tun (24:00) kirishiga 90 soniya qolganini ko‘rsatmoqda.
Ilgari hech qachon «qiyomat soati» millari 100 soniyadan qisqarmagan. Ayni paytdagi global tanglik Ukraina atrofida bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq.
- «Qiyomat kuni soati — «Atomchi olimlar byulleteni» jurnali loyihasi bo‘lib, 1947-yildan beri mavjud. Har yili olimlar va ekspertlar ishtirokida uning millarini surish (yoki joyida qoldirish) ovozga qo‘yiladi.
- O‘ziga xos bu soat millari «yarim tun»dan eng olis joylashgan vaqt (23:43) «Sovuq urush»dan keyingi yillar. So‘nggi 10 yilda soat millari 6 marta surildi — har safar oldinga!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter