Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil yo‘lak» orqali o‘tayotgan fuqaro nega to‘xtatildi?

«Yashil yo‘lak» orqali o‘tayotgan fuqaro nega to‘xtatildi?

Foto: «7news.uz»

Bojxonachilar mobil telefon orqali mamlakatimizga taqiqlangan materialni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni fosh etishdi.

«Urganch aeroporti» chegara bojxona postida «Moskva — Urganch» yo‘nalishidagi aviareysda uchib kelgan, «yashil yo‘lak» orqali o‘tayotgan fuqaro N.S. ning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Xolislar ishtirokida ushbu shaxs tekshirilganida, uning uyali telefoni xotirasida 1 dona zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi material hamda 37 dona diniy mazmundagi video va audiofayllar borligi aniqlangan.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, ushbu telefondagi audiofayllar orasida aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi material mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring