Yashnoboddagi bog‘chada ko‘zbo‘yamachilik bo‘lganmidi? Vazirlik inkor etdi
Biroz vaqt muqaddam Yashnobod tumani hokim o‘rinbosari tomonidan Yashnobod tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiriga barcha mudirlarni tong saharlab aytilgan joyga olib chiqish hamda nazorat qiluvchi idoralar uchun ma’lumotlarni soxtalashtirish maqsadida qo‘shimcha yangi mahsulotlar xarid qilish topshirig‘i berilgani xabar qilingan edi. Hokim o‘rinbosari va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘rtasidagi suhbat audiosi tarqab ketgan.
Toshkent shahar hokimligi o‘z xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangani haqida xabar berdi.
MTV ham vaziyatni o‘rganib chiqdi. MTV auditorlari hamrohligidagi ishchi guruhi Yashnobod tumani MTTlarni aylanib chiqdi va rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazdi. Belgilangan qoidalarga muvofiq, mahsulotlar xaridi hisob varag‘i saqlangan holda va faqat tuman MTB markaziy buxgalteriyasi orqali shaffof amalga oshirilishi kerak. Tekshiruv chog‘ida xarid qoidalarining buzilishi hamda mahsulotlarni o‘z hisobidan yoxud mulozimlar buyrug‘i bilan xarid qilish holati aniqlanmagan. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, may oyida ro‘y bergan ushbu holatda ham soxtalashtirilgan xarid amalga oshirilmagan. MTV ishchi guruhi olib borilgan harakatlar natijasida shunday xulosaga keldiki, MTT mudiri o‘zining tutishi – qat’iy subordinatsiya odati natijasidir. Bu uning tuman hokimi o‘rinbosari so‘zlariga o‘ylanmay itoatkorlikda javob qaytarganligida ko‘rinadi. Biroq, bu u tomonidan ko‘rsatmalarning bajarilganini anglatmaydi. Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi MTTlarda oziq-ovqatlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida quyidagi choralarni ishlab chiqdi:
1. Ichki foydalanish uchun Telegram-kanal tashkil etilib, uning vositasida Toshkent shahar MTBBda mahsulotlar sifati va taomlar tayyorlanishini nazorat qiladi. Toshkentning barcha MTT har kuni ushbu kanalga foto va video materiallar yuboradi.
2. Ota-onalar bilan MTTda taomlar sifatiga doir so‘rovlar va doimiy uchrashuvlar amaliyoti joriy qilinmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra «vazirlik shahar va tuman hokimiyat idoralari – hokimliklar bilan poytaxt va viloyatlarda MTTlar ahvolini yaxshilash sohasida qalin hamkorlik qilmoqda va kelgusida hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilgan» .
Shu bilan birga vazirlik «OAVda e’lon qilingan audio yozuv va boshqa turdagi axborot hurujlari ikki tuzilma o‘rtasidagi kelishmovchilikka sabab bo‘lmasligi kerak»ligini ta’kidlab o‘tgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘zining funksional majburiyatlarini buzgan va bolalar salomatligini xavf ostiga qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llashda davom etishini bildirdi. Vazirlik tomonidan hokimiyatlar va hududiy bo‘linmalarning uyg‘un hamkorligi natijasidagina joylardagi islohotlar o‘z samarasini berishi aytib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter